Mustaqillik deklaratsiyasi (1-mart, 1919-yil) |
2020-06-04 |
|
±âÀÚ | À̸ÞÀÏ |
Á¶È¸¼ö 170 ´ñ±Û 0 |
|
|
Biz bu yerda Koreyaning Mustaqilligi va koreys xalqining ozodligini e¡¯lon qilamiz. Bu orqali butun dunyo xalqlariga inson huquqlari tamoyiliga ko¡¯ra tenglikni, kelajak avlodga xalqimizning o¡¯z taqdirini hal qilish huquqini abadiy qo¡¯lga kiritganligini bildiramiz. Biz buni besh ming yillik davlatchilik tarixining guvohligida va 20 million aholining nomidan abadiy va o¡¯zgarmas xalqning erkin rivojlanishini ta¡¯minlash va insoniylikka asoslangan yangi jahon hamjamiyatini qayta qurish harakatiga qo¡¯shilishi maqsadida e¡¯lon qilamiz. Bu Xudoning irodasi, davr talabi va butun insoniyatning tengligini huquqiy ta¡¯minlovchi adolat mezoniga muvofiqligi bois, dunyodagi hech narsa buni to¡¯xtata olmaydi va taqiqlay olmaydi.
Eski davrdan qolgan bosqinchilik, zo¡¯ravonlik davrida qurbon bo¡¯lib, bir necha ming yillikdan beri ilk bor boshqa xalqning zulmidan jabr ko¡¯rganimizga ham o¡¯n yildan oshdi. Bu davr mobaynida bergan qurbonlarimiz qancha? Mafkuraviy o¡¯sishga to¡¯siq bo¡¯lgan g¡¯ovlar qancha? Millatning qadr-qimmati va obro¡¯sini to¡¯kkan omillar qancha? Yangicha dunyoqarash va ijodkorlik bilan jahon madaniyatiga hissa qo¡¯shish imkoniyatlarini yo¡¯qotganimiz qancha?!
O¡¯tgan adolatsizliklarni butun jahonga bildirib, hozirgi azoblardan qutulib, kelajakdagi xavflarni bartaraf etish uchun ezilib oriqlagan va yo¡¯qolish arafasida turgan millatning insofini hamda davlatning sha¡¯nini tiklash uchun, har bir shaxsni adolat ila kamol toptirish uchun, farzandlarimizga sharmandali hayotni meros qilib qoldirmaslik uchun, kelajak avlodga baxtli va to¡¯kin hayotni taqdim etish uchun, eng buyuk va dolzarb vazifamiz millatning ozodligini qo¡¯lga kiritishdir. Bugun yigirma million xalq qalbida tig¡¯ bor. Zamon ruhi va insoniyat birlashib, adolat degan askarlar va insonparvarlik degan qurol bilan bizni qo¡¯llamoqda. Biz shunday olg¡¯a qadam tashlaymizki, hech qanday kuch bizni to¡¯sib qola olmaydi va hech qanday g¡¯oya bizni chekintira olmaydi.
Biz Yaponiyaga 1876-yilgi Do¡¯stlik to¡¯g¡¯risidagi bitimga xiyonat qilgani uchun jazo bermoqchi emasmiz. Ularning olimlari ma¡¯ruza zalida, siyosatchilari amalda bizning avloddan avlodga o¡¯tib kelgan jamiyatimizni mustamlaka mulki hisoblab, madaniyatli xalqimizni qoloq deb ko¡¯rib, faqat zabt etish zavqini qidirdilar. Bizning qadimiy ijtimoiy ildizimizni va yetuk xalqimizni behurmat qilgani uchun Yaponiyaga tanbeh bermoqchi ham emasmiz. O¡¯zimizning kamchiliklarimizni tan olib, o¡¯zimizni ruhlantirish bilan ovora bo¡¯lib boshqalarni ayblashga imkonimiz ham yo¡¯q. Biz hozirgi kunga jiddiy tayyorlanish bilan band bo¡¯lib, o¡¯tgan ishlarning kamchiliklarini izlashga-da imkonimiz yo¡¯q. Bizning bugungi vazifamiz faqat o¡¯zimizni uyg¡¯otishdir. Bu aslo boshqalarni ayblashdan topiladigan narsa emas. Yurak amri bilan o¡¯zimizning yangi taqdirimizni izlab yo¡¯lga chiqdik xolos, aslo vaqtichalik hissiyot ila kek saqlab begonalarni badarg¡¯a qilish niyatida emas. Bizning maqsadimiz eskicha qarashlar va zo¡¯ravonlikka asoslangan Yapon siyosatchilarining xayrixohligida yuzaga kelgan notabiiy va mantiqsiz umidsiz holatni bartaraf etib, tabiiy va to¡¯g¡¯ri yo¡¯lga qaytishdir. Avvaldan milliy jihatdan ajralib turuvchi ikki davlatni birlashtirishning natijasi o¡¯laroq faqat yuqori bosim va notenglik, yolg¡¯on bilan to¡¯qilgan statistik raqamlar ostida qadriyatlari bir-biridan farq qiluvchi ikki millat o¡¯rtasiga abadiy murosasiz nafrat o¡¯rasini qaziyotgan bugungi kunning haqiqatini ko¡¯ring. Ildam va yorqin jasorat bilan uzoq yillik xatoni tuzatib, to¡¯g¡¯ri tushunish va hamdardlik asosida do¡¯stona yangi munosabatlarni o¡¯rnatish - o¡¯zaro ginalarni unutib, baxtli hayotni olib keluvchi qisqa yo¡¯l emasmi?! Bundan tashqari, nafrat va g¡¯azabga to¡¯lgan yigirma million xalqni kuch bilan kishanlash Uzoq Sharqda abadiy tinchlikni saqlash yo¡¯li emas, balki bu bilan Uzoq Sharqning osoyishtaligini xavf ostiga qo¡¯yib, 400 million Xitoy xalqida Yaponiyaga nisbatan qo¡¯rquv va hasad hisini orttirmoqda. Natijada, Butun Uzoq Sharq birga jarlik yoqasiga kelib qolishi aniq bo¡¯lib bormoqda. Bu deklaratsiya orqali biz Koreys xalqi sifatida Koreyaning Mustaqilligini qo¡¯lga kiritamiz va o¡¯z navbatida, Yapon xalqi noto¡¯g¡¯ri yo¡¯ldan qaytib Uzoq Sharqda yetakchi sifatida o¡¯z burchini bajaradi va Xitoy xalqining xavotir va qo¡¯rquvdan ozod bo¡¯ladi. Yana uzoq Sharqda tinchlik o¡¯rnatilib jahon tinchligi va insoniyatning baxtining muhim bosqichiga o¡¯tiladi.
Bu qanday qilib hayajonli bo¡¯lmasin! Yangi dunyo ko¡¯z oldimizda turibdi. Zo¡¯ravonlik davri o¡¯tib ezgulik davri keldi. O¡¯tgan davrdan beri sayqallanib kelgan va shakllangan millat ruhiyati ana endi yangi tamaddun nurini olamga tarqatishni boshlaydi. Yangi bahor butun dunyoga qaytib, borliqning qayta jonlanishini shoshiltirmoqda. Qattiq sovuq odamlarning nafasini bo¡¯g¡¯ib qimirlashga qo¡¯ymagan davr o¡¯tib, yorqin bahor shamoli va iliq quyosh nuri qon tomirimizda jo¡¯sh urmoqda. Butun jahonga qaytib kelgan iqbolga hamohang dunyoning yangi o¡¯zgargan oqimida biz hech ikkilanmaymiz va chekinmaymiz.
Biz muqaddas erkinlik huquqimizni himoya qilajakmiz va jo¡¯shqin hayot zavqini to¡¯liq his etajakmiz. Bizning boy imkoniyatlarimizdan foydalanib, bahor shukuhiga to¡¯lgan yer yuzida beg¡¯ubor va yorqin millat madaniyatini yaratajakmiz. Biz bundan ilhomlanib uyg¡¯onajakmiz. Vijdon biz bilan, haqiqat biz bilan olg¡¯a intilajak. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha, barcha, qorong¡¯i va bo¡¯g¡¯iq eski uyasidan turib, borliq bilan birga shod-xurram qayta jonlanajakdir. Ajdodlarimizning ruhi bizga madad berib, butun jahon quvvati bizni himoya qilayotgan ekan, boshlash-muvafaqqiyatdir. Biz faqat yorug¡¯ kelajak sari shaxdam qadam tashlashimiz kerak xolos.
Qasamyod 3-bob
1.Bugun bizning asosiy vazifamiz adolat, insonparvarlik, mavjudlik va sharaf uchun bo¡¯lgan millatning talabini ado etishdir. Faqat ozodlik ruhi uchun intilamiz. Aslo boshqa hissiyotlarga berilib, chegaradan chiqilmas.
2.Har bir inson to eng so¡¯nggi nafasgacha xalqning adolatli fikrini dangal bayon etajak.
3.Har bir harakatimizda tartib bo¡¯lib, doimo haq va adolatga muvofiq bo¡¯lajak.
Koreyada ilk davlat tashkil topganligining 4252- yili, mart oyining birinchi kuni.
Koreys millati vakillari:
Son Byong Hi
Kim Byong Jo
Na In Hyob
Li Myong Ryong
Pak Jun Seung
Oh Se Chang
Han Yong Un
Gil Son Ju
Kim Chang Jun
Yang Sun Bek
Li Seung Hun
Pak Hi Do
Oh Hva Yong
Hong Byong Gi
Li Pil Ju
Gvon Dong Jin
Yang Han Mug
Li Jong Hun
Pak Dong Van
Jong Chun Su
Hong Gi Jo
Bek Yong Song
Gvon Byong Dok
Yu Yo De
Li Jong Il
Shin Hong Shik
Chve Song Mo
Kim Van Gyu
Na Yong Hvan
Li Gap Song
Lim Ye Hvan
Shin Sok Gu
Chve Rin
|
|
|
|
|
|
|
|
|